“Jannat onalar oyog`i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko`rib chiqish davomida Qirg`iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog`i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma`lum bo`ldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko`ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.