19 may kuni bo'lib o'tgan 37-tur uchrashuvlaridan keyin chempionlik taqdiri rasman hal bo'ldi. Mikel Arteta shogirdlari o'z maydonida “Byornli”ni mag'lub etdi. Asosiy raqobatchi — “Manchester Siti” esa safarda “Bornmut” bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, muhim ochkolarni yo'qotdi.
Natijada “Arsenal” ochkalarini 82 taga yetkazib, muddatidan avval chempionlikni kafolatladi. Pep Gvardiola boshqarayotgan “Siti” esa 78 ochko bilan ikkinchi o'rinda qoldi va chempionlik uchun kurashish imkoniyatini yo'qotdi.
Bu “Arsenal” tarixidagi 14-chempionlik hisoblanadi. London klubi bundan avval so'nggi marta 2003/04 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo'lgandi.
Shu tariqa “Arsenal” yillar davom etgan kutishlarga yakun yasab, yana Angliya futboli taxtiga qaytdi.






