AsosiyJamiyat

AQSh Isroilga 1 mlrd dollarlik qurol etkazib berishni rejalashtirmoqda

'AQSh Isroilga 1 mlrd dollarlik qurol etkazib berishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma`muriyati 14 may, seshanba kuni AQSh Kongressiga Isroilga qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo`lgan yangi qurol-yarog` paketini etkazib berish niyati haqida ma`lum qildi. Bu haqda “Cumhuriyet” nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, paketga zirhli texnikalar uchun 700 million dollar (647 million evro), boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar (462 million evro) va minomyotlar uchun 60 million dollar (55 million evro) kiritilishi mumkin. Taxminlarga ko`ra, ma`muriyat allaqachon bunday etkazib berishni tasdiqlash jarayonini boshlagan. 

O`z navbatida, CNN telekanali AQSh Kongressidagi anonim manbalarga tayanib xabar berishicha, Oq uy Isroilga qurol etkazib berishda yangi kelishuvni tasdiqlash bo`yicha uzoq jarayonni endigina boshlamoqda. Davlat departamenti Vakillar palatasi va Senatning tegishli qo`mitalari bilan muzokaralarni boshlagan, ammo Kongress bo`lajak kelishuv haqida rasman xabardor qilinishi kerak bo`lgan aniq muddat yo`q.

    Boshqa yangiliklar