AsosiyJamiyat

Samarqandda "kotlovan" noto`g`ri qazilishi oqibatida qo`shni uy qulab tushdi

'Samarqandda "kotlovan" noto`g`ri qazilishi oqibatida qo`shni uy qulab tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Juma shahrida “kotlovan” noto`g`ri qazilishi oqibatida qurilish ob`ektiga tutash bo`lgan uy qulab tushdi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, mazkur ob`ekt viloyatning Past Darg`om tumani “Samarqand” MFY Samarqand ko`chasida joylashgan noturar joy hisoblanadi. Haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto`g`ri yo`l tutilgani bois qo`shni uyga zarar etgan.

Vazirlik holatga doir qo`shimcha ma`lumotlar o`rganishlardan so`ng ma`lum qilinishini bildirdi.

Pastdarg`om tumani hokimligiga ko`ra, voqea natijasida jarohat olganlar yo`q. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar