AsosiyJamiyat

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar etib borgan

'Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar etib borgan'ning rasmi

Bugun, 15 may kuni soat 09:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolganligi to`g`risida murojaat kelib tushgan.

“Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko`rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar