AsosiyJamiyat

maktab qorovuli va fuqaro mushtlashdi

'maktab qorovuli va fuqaro mushtlashdi'ning rasmi

Toshkentdagi maktablarning birida maktab qorovuli va fuqaro mushtlashgani aks etgani video tarqaldi.

Mazkur holat Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi 50-sonli umumta`lim maktabi hududida sodir bo`lgan.

Unda maktab oshxonasida ishlovchi fuqaro N.A. shaxsiy avtotransport vositasi bilan ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan maktab hududiga kirgan. Ushbu holatni ko`rgan maktab qorovuli fuqaroni maktab hududiga avtomashina bilan kirish mumkin emasligi to`g`risida ogohlantirib, mashinani olib chiqishini talab qilgan. 

Fuqaro N.A. esa qorovulning qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, uni haqorat qilgan va unga faol qarshilik ko`rsatgan. Shundan so`ng, maktab qorovuli fuqaro N.A.ga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar