Samarqand viloyatining Juma shahrida “katlovan” noto`g`ri qazilishi oqibatida qurilish ob`ektiga tutash bo`lgan uy qulab tushgani haqida xabar berilgan edi.
Bosh prokuraturaning darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, Samarqand mahallasi, Samarqand ko`chasi, 28-raqamli uyda yashovchi fuqaro Muradullaev Hasanning qo`shnisi T.Begmatov hovlisida do`kon qurish uchun katlovan qazigan. Quruvchilarga katlonvan qazishni to`xtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushushini bir necha bor aytib kelishiga qaramasdan, qazishni davom ettirgan. Natijada xonadon qulab tushgan. Bu haqida fuqaro IIBga 300.000 AQSh dollari miqdorida moddiy zarar etkazgan qo`shnisi T.Begmatovga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Hozirda to`plangan hujjatlar yuzasidan Pastdarg`om tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






