Yashnobod tumanida avtobuslar ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 15 may kuni soat 12:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasida 1979 yilda tug`ilgan U.B. boshqaruvida bo`lgan MAN rusumli avtobusi va 1974 yilda tug`ilgan K.A. boshqaruvida bo`lgan Yutong rusumli avtobuslari to`qnashishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Yo`l transport hodisasi natijasida tan jarohat olgan yo`q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






