AsosiyJamiyat

Andijondan uchta hududga qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Andijondan uchta hududga qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 3 iyun kunidan boshlab 129/130-sonli "Andijon — Termiz — Andijon" yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Poezd harakat jadvali quyidagicha:

129-sonli "Andijon — Termiz" yo`nalishi haftaning har dushanba kunlari

Andijon 16:24 — Termiz 12:55

130-sonli "Termiz — Andijon" yo`nalishi haftaning har seshanba kunlari

Termiz 15:25 — Andijon 13:49

“Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar qo`yildi

Shuningdek, 2024 yilning 3 iyun kunidan boshlab 94/93-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. Poezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

94-sonli “Toshkent — Andijon” yo`nalishi

Toshkent 06:07 — Andijon 13:17

93-sonli “Andijon — Toshkent” yo`nalishi

Andijon 16:51 — Toshkent 23:49

2024 yilning 6 iyun kunidan boshlab esa 128/127-sonli "Andijon — Qo`ng`irot — Andijon" yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yildi. Poezd harakat jadvali quyidagicha:

127-sonli "Andijon — Qo`ng`irot" yo`nalishi haftaning har payshanba kunlari

Andijon 19:42 — Qo`ng`irot 22:37

128-sonli "Qo`ng`irot — Andijon" yo`nalishi haftaning har shanba kunlari

Qo`ng`irot 6:45 — Andijon 10:28.


 

 

    Boshqa yangiliklar