Toshkentda yigit omadsizligidan aziyat chekib, o`zini ko`prikdan tashlamoqchi bo`ldi. Bu haqda «Millar» dasturida ma`lumot berildi.
Ma`lum bo`ligicha, yigit ko`prikka chiqib, u erga marker yordamida «Loser», ya`ni omadsiz deb yozgan. Voqeadan xabar topgan IIB xodimi voqea joyiga etib borgan va yigit bilan suhbatlashgan.
«Fuqaro ‘jonimdan to`ydim’, deb aytdi. Fuqaroning qo`liga qarasam qo`lida ham ‘jonimdan to`ydim’, degan yozuv bor ekan», — deydi IIB xodimi.
Boshqa IIO xodimlari ham shu erga kelib, fuqaroni pastga olib tushishgan.
Chilonzor tumani sudi qarori bilan fuqaro MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblanib, unga BHMning 3 baravari (1,02 mln so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.