Koreya davlatiga o`qishga va ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z.ni 10 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga o`qishga va ishga yuborishini va`da qilib, oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






