AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda

'Qashqadaryoda bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda'ning rasmi

Yakkabog`  tumani “Jiyda” mahallasida yashagan, 2007  yilda tug`ilgan Saidmurodova Mohinur Turg`un qizi qidirilmoqda.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

U 2023 yilning 17 noyabr kuni yashash uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Saidmurodova Mohinur Turg`un qizi haqida biror ma`lumotga ega fuqarolardan 102, 75 221-09-02, +998-97-317-01-00+998-88-387-00-02  telefon raqamlariga xabar berishlari so`raladi.
 

Alohida belgilari: Bo`yi 165-170sm  atrofida, ozg`indan kelgan, sochlari qora, qoshlari qora rang yoyisimon, ko`zlari qora rang qisiqroq, yuzi ovlasimon shaklda, burni o`rtacha kattalikda, tishlari tabiiy, lablari o`rtacha qalinlikda.

Egnida bo`lgan kiyimlari: Mavsumiy kiymda bo`lgan.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar