Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yish uchun 4 000 AQSh dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo`limi va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida S.Z. fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






