AsosiyJamiyat

Qizaloq buvisining qaramog`iga topshirildi

'Qizaloq buvisining qaramog`iga topshirildi'ning rasmi

Rossiyadaota-onaqaramog`isizqolgano`zbekistonlikqizvatanigaqaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Mart oyida Toshkent shahrida yashovchi V.D. (ayol) Rossiyaning Moskva viloyati Lyubersi shahridagi vasiylik organida bo`lgan ikki yoshli nabirasi Z.N.ni qaytarishga yordam so`rab, bola huquqlari bo`yicha vakil idorasiga murojaat qilgan. 

UningonasiZ.A. bolanienagasigaqoldirib, olibketishuchunqaytibkelmagan, shundanso`ngenagapolisiyagamurojaatqilgan. Polisiya xodimlari bolani vasiylik organiga topshirib, qarovsiz bola sifatida ro`yxatga olib, yangi ism va familiya qo`ygan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida 14 may kuni qizaloq Rossiyadan qaytarildi. Hozirda bola buvisi V.D. qaramog`iga rasmiy ravishda topshirildi.

V.D. nevarasi bilan bog`liq xalqaro darajadagi mazkur murakkab vaziyatni ijobiy hal qilinishida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga o`z chuqur minnatdorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar