AsosiyJamiyat

Toshkentda psixotrop moddalar saqlagan ikki kishiga hukm o`qildi

'Toshkentda psixotrop moddalar saqlagan ikki kishiga hukm o`qildi'ning rasmi

Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” doirasida qo`lga olinib, jinoyat ishi qo`zg`atilgan yana ikki kishiga sud hukmi o`qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumani sudining 24 apreldagi hukmiga ko`ra 1985 yilda tug`ilgan Fayziev Alibek Shaxrulloevich Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish) 5-qismi bilan aybli deb topilgan.
Sud tomonidan unga nisbatan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 maydagi hukmiga ko`ra,  1990 yilda tug`ilgan Amonov Olimjon Shuxratovich Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb  topilgan.

Sud tomonidan unga nisbatan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar