Yunusobod tumanining 19-mavzesida yuqori bosimli er osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu holatni bartaraf etish maqsadida 20 may kuni soat 03:40 da tumanning “Obod”, “Oqtepa”, “Bobodehqon” MFYlari va Shifokor ko`chasida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatildi.
Aholi iste`molchilari: 225 ta erli xonadon, 2 ta ko`p qavatli uylardagi 146 ta xonadon. Ulgurji iste`molchilar soni — 1 ta, AGTKSh — 3 ta
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi”, - deyiladi xabarda.






