O`zbekiston joriy yil Markaziy Osiyo–Evropa Ittifoqi rahbarlari darajasidagi birinchi rasmiy sammitni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi tomonidan tashkil etilayotgan O`zbekiston-Evropa xalqaro konferensiyasida ma`lum qilindi
Tadbirda Germaniya Fan va siyosat jamg`armasi, Gollandiyaning Klingendal xalqaro munosabatlar instituti, AESMA Strategik tadqiqotlar markazi, Gent Xalqaro va Evropa tadqiqotlari institutining etakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.
O`zbekiston tomonidan XMATM, SMTI, MMTI, ITIM va IXTI rahbarlari va ekspertlari qatnashadilar.
Anjumanda O`zbekiston va EI o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, savdo, investisiya, transport, logistika, “yashil” energetika, texnologiya va innovasiyalar sohalaridagi ustuvor yo`nalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
Ma`lumot uchun, Toshkentda O`zbekiston-Evropa Iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi o`z vakolatxonasini ta`sis etdi, bu ea, o`z navbatida, Evropa bozorlarini ochish yo`lida O`zbekiston kompaniyalarini qo`llab-quvvatlashga hamda Evropa biznesiga O`zbekistonda ishlash uchun ko`proq imkoniyatlar yaratishga hissa qo`shdi. Toshkentda Erasmus+ dasturining Milliy ofisi faoliyat ko`rsatmoqda, u universitetlararo hamkorlik imkoniyatlari va Evropa Ittifoqi universitetlarida o`qish uchun grantlar haqida ma`lumot tarqatishga yordam beradi.
.






