Toshkent shahri Yunusobod tumani Sayilgoh ko`chasida joylashgan sobiq MXX binosi hududidagi yirik daraxtlar kesib, yashirincha olib ketilayotgani aks etgan videolar yuzasidan Ekologik partiya rasmiy munosabat bildirdi.
Partiya Bosh prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga mas`ul davlat tashkilotlaridan zudlik bilan ushbu holatga chora ko`rilishini so`ragan.
“Iqlim o`zgarishini yumshatishning eng muhim aspekti-bu daraxtlarning ko`p bo`lishi. Shundoq ham poytaxtimizda sanoqli qolgan daraxtlarimizni asrash bo`yicha moratoriyga va ekofaollarimiz bong urishiga qaramasdan hali hamon daraxtkushlar to`xtamayapti”, — deyiladi partiya munosabatida.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda buzilayotgan bino hududidan yirik daraxtlar ustiga mato tashlangan holda olib chiqib ketilayotgani ko`rinadi.
Toshkentdagi sobiq MXXning buzilayotgan binosi hududidan yirik daraxtlar kesib, ustiga mato tashlab yashirincha olib ketilayotgani videosi tarqaladi. Ekologik partiya ushbu holatga zudlik bilan chora ko`rishni so`rab Bosh prokuraturaga murojaat qilgandi.