AsosiyJamiyat

Toshkentda yuk mashinasi va yo`lovchi avtobus to`qnashdi

'Toshkentda yuk mashinasi va yo`lovchi avtobus to`qnashdi'ning rasmi

Joriy yilning 21 may kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuk mashinasi va yo`lovchi avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda "Toshshahartrans" AJ Matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videxabarga ko`ra, yuk mashina haydovchisi yo`lning qatnov qismida orqa tomon harakatlanayotgan vaqtda "Toshshahartrans" AJga tegishli yo`lovchi avtobus bilan to`qnashgan. Oqibatda, yuk mashinasi ag`darilib ketgan.

Avtobus haydovchisi aytishicha, avtobus ichida yo`lovchilar ham bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Ayni kunda hodisa yuzasidan tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar