AsosiyJamiyat

“Tabiiy gaz qazib chiqarishda burg`ilash samaradorligi oshirilib, texnologik jarayonlar xavfsiz boshqariladi”

'“Tabiiy gaz qazib chiqarishda burg`ilash samaradorligi oshirilib, texnologik jarayonlar xavfsiz boshqariladi”'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ tomonidan, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida mamlakatda ilk bor Burg`ilash ishlarini boshqarish markazi to`liq ishga tushirilishi hamda tabiiy gaz qazib chiqarishning ahamiyati borasida matbuot anjumani o`tkazildi.

Ta`kidlash joizki, markazlashgan tashkiliy-raqamli boshqaruvni yaratish, jamiyatga quduqlarni burg`ilash muddatini 45 foizgacha qisqartirish va ularni qurilish qiymatini 35 %ga kamaytirish imkonini beradi. Har bir quduq qurilishi uchun ko`zda tutilgan loyihaviy qiymatdan 4,0 mlrd so`mdan 10,0 mlrd  so`mgacha tejash mumkin bo`ladi.

Markazning eng muhim vazifalaridan biri real vaqt rejimida burg`ilash jarayonlarini kuzatib borishdan iboratdir. Burg`ilash ishlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va masofaviy monitoring tizimlari tufayli, markaz mutaxassislari yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariya va baxtsiz hodisalar oldi olinadi.

Ma`lumot uchun:  

- Har bir burg`ilash uskunasidan burg`ilash rejimlarining asosiy parametrlari bo`yicha ma`lumotlar,bir  vaqt rejimida uzatiladi, internet orqali ma`lumotlar kompaniya serveri orqali qabul qilinadi.  

- Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta`minot yordamida burg`ilash maydonlaridan olingan ma`lumotlar parametrlar va diagrammalar ko`rinishi ekranda aks ettiriladi.

Markaz tomonidan O`zbekistonning chekka hududlarida joylashgan “Dengizkul”, “Zevarda”, “Yangi Tegirmon”, “Sho`rtan”, “Quyi Sharqiy Berdaq” va “Quyi Surgil” konlaridagi 23 ta dastgohlarning burg`ilash jarayoni onlayn 24/7 rejimida nazorat qilib borilmoqda. Mutaxassislar burg`ilash maydonlaridan olingan ma`lumotlarni tahlil qilib, quduqlar qurilish jarayonining samaradorligi va xavfsizligini oshirish bo`yicha o`z takliflarini beradi.

    Boshqa yangiliklar