AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari o`zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda

'Dam olish kunlari o`zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" O`zbekiston bo`ylab 24-26 may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozi haqida xabar berdi.

Ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda va Farg`ona vodiysi viloyatlarida jadalligi biroz bo`lgan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Harorat kunduzi 26-29, janubda 32-34 darajagacha bo`ladi.

26 may, yakshanba kuni asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi harorat 17-22 darajagacha pasayadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda 24 mayda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, 25-26 may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turadi.

Poytaxtimizda shanba kuni kunning ikkinchi yarmida va yakshanbaga o`tar kechasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Yakshanba kuni kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi.

Harorat shanba kuni kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja, yakshanba kuni kechasi 12-14daraja, kunduzi 19-21daraja bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar