AsosiyJinoyat

Andijonda muhandis qo`lga olindi

'Andijonda muhandis qo`lga olindi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish uchun er maydoni ajratib berishni va`da qilgan muhandis aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura Departamenti xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Katta Farg`ona magistral kanali boshqarmasi” muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix er maydonini qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar