AsosiyJamiyat

Samarqandda to`rt farzandning onasi o`zini suvga tashlamoqchi bo`ldi

'Samarqandda to`rt farzandning onasi o`zini suvga tashlamoqchi bo`ldi'ning rasmi

Samarqandda o`zini balandlikdan tashlamoqchi bo`lgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Viloyat IIB xabar berdi. 

Ma`lumotga ko`ra, bugun soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko`prigida  1998 yilda tug`ilgan, 4 nafar farzandning onasi o`zini pastga tashlamoqchi bo`lgan.

Hodisaga rashk sabab bo`lgani aytilmoqda.

IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so`ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar