AsosiyJamiyat

Iyun oyida Rossiya Toshkent metrosi uchun yana 12 ta vagon jo`natadi

'Iyun oyida Rossiya Toshkent metrosi uchun yana 12 ta vagon jo`natadi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni iyun oyi oxirigacha Rossiyaning "Metrovagonmash" kompaniyasidan 12 ta yangi vagonni qabul qilishi kerak. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma`lum qildi.

- Bugun Prezidentimiz bilan birga O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Hududlar Kengashi yig`ilishida ishtirok etdim. Savdo, fan, texnologiya, mashinasozlik, yadro tibbiyoti – biz O`zbekiston bilan uzoq vaqtdan beri turli sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz, - deydi Andrey Vorobyov. 

Gubernator qo`shimcha qilishicha, "Metrovagonmash" o`tgan yili Toshkent metropoliteni uchun 44 ta vagon jo`natgan, iyun oyi oxirigacha yana 12 ta vagon jo`natishni rejalashtirmoqda. 2024-2025 yillarda yana 60 ta vagon etkazib berish bo`yicha shartnoma tayyorlanyapti.

 

    Boshqa yangiliklar