Bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yangi Toshkent ko`chalaridan biri "Sankt-Peterburg" deb nomlanishi haqida ma`lum qildi, deb xabar bermoqda shahar meri Aleksandr Beglov.
“Ajoyib! Bu eng go`zal bo`ladi”, deb javob bergan Rossiya prezidenti.
– Ushbu qaror shahrimiz uchun katta sharaf hamda O`zbekiston Respublikasi va Toshkent shahri bilan yaqin, do`stona munosabatlarimiz ramzidir. O`zbekiston bilan sheriklik Sankt-Peterburgning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi”, — dedi shahar rahbari.
O`tgan haftada Smolniyda Aleksandr Beglov Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Sharof Rahmanov bilan uchrashgan. Qayd etilishicha, hokimliklar 2022-2026 yillarga mo`ljallangan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ga muvofiq o`zaro aloqalarni yo`lga qo`ygan. 2024 yil aprel oyida Toshkentda Sankt-Peterburg kunlari bo`lib o`tdi, shu yilning kuzida Sankt-Peterburgda Toshkent kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.






