AsosiyJamiyat

18 yoshli yigit boshqaruvidagi Onix Labo mashinasi bilan to`qnashib ketdi

'18 yoshli yigit boshqaruvidagi Onix Labo mashinasi bilan to`qnashib ketdi'ning rasmi

Holat 27 may kuni soat 15:20 larda Andijon tumani “Chem” mahallasi Andijon-Asaka yo`nalishida sodir bo`lgan. 

2006 yilda tug`ilgan M.M. o`zining Onix mashinasini tegishli hujjatlarsiz (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqarib borishi davomida tezlik me`yoriga hamda oraliq masofa saqlash qoidalariga rioya qilmagan. 

Oqibatda rul boshqaruvini yo`qotib, o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo ning orqa qismiga borib urilishi ortidan yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo ning yo`lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

    Boshqa yangiliklar