AsosiyJamiyat

Respublika bo`ylab tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

'Respublika bo`ylab tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda'ning rasmi

Respublika bo`ylab tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

 Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “U." fermer xo`jaligi mas`ul shaxslari tijorat maqsadida chorvachilik uchun mo`ljallangan binosida gaz hisoblagich uskunasidan tabiiy gaz tarmog`iga er ostidan polietilen shlang orqali yashirin ulanib, jami 181,3 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Oqoltin tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.H.” MChJ mas`ul shaxslari va boshqalar “Shodlik” QFY hududi joylashgan baliqchilik ko`liga o`rnatilgan suv nasosi va 11 dona ko`cha chiroqlari ulangan transformatorning hisoblash priboriga qasddan shikast etkazishib, jami 113,3 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.      

Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.F.” fermer xo`jaligi rahbari R.A. va boshqalar Jalaquduq tumani “Gulbahor” massivida joylashgan 7,8 gektar mevali bog` maydoniga o`rnatilgan suv nasosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, jami 100 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

 

    Boshqa yangiliklar