AsosiyJamiyat

Bola o`g`rilari deb tanishtirilayotgan fuqarolar Buxorodan Samarqandga kelgan ishchilar ekani ma`lum bo`ldi

'Bola o`g`rilari deb tanishtirilayotgan fuqarolar Buxorodan Samarqandga kelgan ishchilar ekani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Telegram ijtimoiy tarmog`ining ayrim guruhlarida ikki nafar fuqarolarning rasmlari bilan “mahallalarda bolalarni shular o`g`irlab ketar ekan” mazmunidagi xabarlar tarqatilmoqda.

Xabarlarga Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, suratdagi shaxslar Buxoro viloyatdan Samarqandga qurilish ishlarida ishlash uchun kelgan bo`lib, ular bilan Nurobod tumani IIBda profilaktik suhbat o`tkazilib, javob berilgan.

“Viloyatda bola o`g`rilari bilan bog`liq tarqatilayotgan barcha xabarlar asossiz va haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Viloyatimiz hududida bu kabi birorta holat qayd etilmagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan noto`g`ri ma`lumotlar tarqatmasliklarini, shu kabi xabarlarga aniqlik kiritish uchun IIB axborot xizmatiga murojaat qilishlarini so`raymiz!” deyiladi xabarda.


 

 

    Boshqa yangiliklar