AsosiyJamiyat

Murojaatchi nega Oliy Sud raisining qabuliga kiritilmadi

'Murojaatchi nega Oliy Sud raisining qabuliga kiritilmadi'ning rasmi

Oliy Sud raisini qabuliga kirolmagan ayol Prezidentga murojaat qildi. Aytishicha, murojaatlar bo`limi boshlig`i va Milliy Gvardiya  xodimi noqonuniy ravishda unga to`sqinlik qilgan, tahdid va tayziqlar o`tkizib haqorat qilishgan.

Oliy sud Matbuot xizmatining ta`kidlashicha, murojaatchi G. Islamova turmush o`rtog`i S. Islamovga oid jinoyat ishi doirasida taraf emas, unda shikoyat qilish huquqi mavjud emas. Negaki jinoyat-prosessual qonunchiligiga ko`ra mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sud qarorlari ustidan shikoyat berishga haqli. Shu bois uning murojaatlari ko`rmasdan qoldirilgan.

- O`z-o`zidan G. Islamovaning Oliy sud raisining qabuliga chaqirtirilgani ham haqiqatga mutlaqo to`g`ri kelmaydi. Videolavhalardagi vajlarning barchasi G. Islamova tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, u turmush o`rtog`ining qarindoshlari bilan bir necha bor ijtimoiy tarmoqlarda aynan shunday asossiz videomurojaatlarni tarqatib kelgan.  

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Oliy sud Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati kassasiya instansiyasining 2020 yil 16 yanvardagi ajrimi bilan S. Islamovga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining 2018 yil 5 dekabrdagi ajrimi o`zgarishsiz qoldirilgan.

Shunga ko`ra S. Islamov sud qarorlaridan norozi bo`lgan taqdirda, jinoyat-prosessual qonunchilikda belgilangan tartibda, bevosita o`zi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili Oliy sud Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga Jinoyat-prosessual kodeksining 516-moddasi talablariga muvofiq taftish tartibida shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Shuningdek, S. Islamov sud qarorlaridan norozi bo`lib shikoyat yo`llagan taqdirda, mazkur shikoyatdagi imzosi u jazoni o`tayotgan muassasa ma`muriyati tomonidan tasdiqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib yuborilishi lozim.

G. Islamovaga shu mazmunda muqaddam bir necha marta tushuntirish berilganligi ma`lum qilinadi, - deyladi rasmiy bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar