Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi O`zbekiston” bog`ida 10 000 ta plastik o`rdakchalar tushirilmoqchi ekanligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi ma`lumot berdi.
“Ekologiya vazirligi bunday hatti-harakatlarni keskin qoralaydi va bunday holatlar qonunga ko`ra javobgarlikka sabab bo`lishini ma`lum qiladi. Holat yuzasidan vazirlik tomonidan voqea joyiga chiqilib, mutasaddilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik xabariga ko`ra, plastik chiqindilar tabiatga katta zarar etkazadi va bunday harakatlar qonunga ko`ra javobgarlikka tortilishi mumkin.






