AsosiyJamiyat

Madriddan Urganchga to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`yildi

'Madriddan Urganchga to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Joriy yilning 30 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:32da Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasining bortida 187 nafar yo`lovchisi bo`lgan samolyoti Madrid-Urganch yo`nalishi bo`yicha ilk charter reysini amalga oshirib Urganch xalqaro aeroportiga qo`ndi. Bu haqida "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar berdi.

Madrid — Urganch — Madrid yo`nalishi bo`yicha charter reyslar Airbus  A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Eslatib o`tamiz, 23 maydan boshlab aviakompaniya Madrid-Toshkent-Madrid yo`nalishida ham parvozlarni boshlagan.Qayd etilishicha, birinchi bosqichda charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yil sentyabrdan oktyabrgacha qayta tiklanadi.

"World2Fly" Ispaniyaning yo`lovchi tashuvchi aviakompaniyasi bo`lib, 2020 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Palma-de-Malyorkada joylashgan.

    Boshqa yangiliklar