"Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to`g`risida"gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Buxoro shahridagi tarixiy maskan – Xo`ja Gulrez ko`chasi 13-uy manzilida joylashgan Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etiladi.
Muzey faoliyatining asosiy vazifalari jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to`plash, saqlash, o`rganish, tiklash, nusxalash, e`lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozisiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma`rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishdan iborat bo`ladi.
Muzeyni saqlash xarajatlari – Buxoro viloyati mahalliy byudjeti mablag`lari, Muzeyning o`z daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Madaniy meros agentligiga “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlarning Muzey uchun xarid qilish yuklangan.






