AsosiyJinoyat

Qashqadaryolik erkak sobiq sevgilisining behayo rasm va videolarini tarqatib yubordi

'Qashqadaryolik erkak sobiq sevgilisining behayo rasm va videolarini tarqatib yubordi'ning rasmi

Qashqadaryoda Telegram ijtimoiy tarmog`ida o`zganing rasmlarini tarqatib yuborgan yigit qo`lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryoda yashovchi (ayol) Z.Z. murojaat qilib, o`zining behayo foto hamda videotasvirlari noma`lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma`lum qilgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi X.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.A. Z.Z. bilan ma`lum vaqt ishqiy munosabatda bo`lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram messenjeri orqali qo`lga kiritib, tarqatib yuborgani ma`lum bo`lgan. Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (shaxsning sha`nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qonunga muvofiq, bu kabi jinoiy xatti-harakatlar uchun 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar