Namangan tumanidagi 27-son maktabning o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.A. o`qituvchi va xodimlar nomidan kredit olgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda direktor o`rinbosarining faoliyati o`rganib chiqilishi kerakligi, u o`qituvchi va xodimlar nomidan kredit olib, to`lamay yurgani, oqibatda o`qituvchilar hamda xodimlar o`z hisobidan kredit to`lovini qaytarib kelayotgani haqida xabar tarqalgan.
Namangan tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o`rganishda bu holat o`z tasdig`ini topgan. “Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan”direktor o`rinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Uning qilmishidan qancha o`qituvchi va xodim jabrlangani haqida xabar berilmagan.






