AsosiyJinoyat

Bugun "Baxti Tashkentskiy"ning ochiq sudi boshlanadi

'Bugun "Baxti Tashkentskiy"ning ochiq sudi boshlanadi'ning rasmi

2024 yil 3 iyun soat 10.00 da jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudi binosida B. Qudratullaev va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqida Oliy Sud Matbuot xizmati boshlig`i A.Abidov xabar berdi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko`ra sudlanuvchilar B. Qudratullaev, Sh. Kurbanov, B. Zafarov, Sh. Rahimov, A. Xodjaev, D. Sharipov, A. Mirzaxanov, Sh. Sulaymonqulov, A. Norkulov, S. Xatamov, N. Jumaniyazova, R. Shakurov, Sh. Qudratullaev, T. Turmonov, F. Vapaev, M. Nasrxodjaev, D. Mo`minxo`jaev, M. Usmonboev, M. Shodmanov, B. Xudayarov, A. Mashrafxanov, V. Kurbanov, A. Maxamadiyorov, A. Djuraev, B. Bakaev, I. Qudratullaev, A. Aliev, J. Soliev, A. Tursunboev, B. Narmirzaev, F. Kamalov, M. Mirzoev, N. Bagadirov, A. Shelyov, M. Kurbanov, O. Islamov va M. Ibadullaev Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar