AsosiyJamiyat

Namanganda o`qituvchilar maktab direktori o`rinbosarining kreditini to`lashga majburlandi

'Namanganda o`qituvchilar maktab direktori o`rinbosarining kreditini to`lashga majburlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab direktori o`rinbosari o`zi kreditini o`qituvchilarga to`latayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

 Viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tarqalgan xabarlarda Namangan tumanidagi 27-sonli maktabning o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z. Ahmedova nazarda tutilgan.

Xabarlarda u maktabda ish faoliyati davomida qo`l ostida ishlayotgan o`qituvchi va xodimlarning nomidan kredit olib, o`z vaqtida kreditni bartaraf etmasdan, pedagog hamda xodimlar o`z hisobidan kredit to`lovini to`lab kelishayotgani iddao qilingan. 

Tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o`rganishda yuqoridagi holat o`z tasdig`ini topdi. Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa direktorining o`rinbosari lavozimidan ozod qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar