Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining qaroriga asosan alimentdan qarzdor O.Axrorovdan undiruvchi Z.Mamatqulova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining ¼-qism miqdorida aliment undirish belgilangan. MIB tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan ota bo`yin tovlab kelgan.
Muqaddam aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlaganligi sababli jinoyat ishlari bo`yicha Zarbdor tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosiga tortilganidan o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 47.394.741 so`m aliment pullarini to`lamasdan farzandlarini qasddan moddiy ta`minlamagan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 30 aprel kuni Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Surishtiruv shu`basi tomonidan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari o`tkazilgan.
Surishtiruv harakatlari davomida undiruvchiga etkazilgan zarar to`liq qarzdor tomonidan to`lanib berildi va jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqishlik uchun JKning tegishli moddalari tartibida sudda ko`rib chiqishlik uchun yuborilgan.






