Oilaviy janjallar sabablarga ko`ra oilalar ajrashganda, ko`p hollarda ayol kishi ota uyiga ketishga majbur bo`ladi. Turmush o`rtog`idan, yashab turgan uyidan ajragan ayolni ota uyida xam quchoq ochib kutib olmasligini tabiiy hol. Onaizor ruhan va ma`nan sog`lom bo`lsada, jondan aziz farzandidan ham ayirish hollari uchrab turadi.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining fuqaro Z.A. ni Sh.Rashidov tumanidagi kelinlik uyiga majburiy tartibda kiritish hamda turmush o`rtog`i S.F. dan qizini olib berish to`g`risidagi ijro varaqasi MIBning Sh.Rashidov tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochilarining harakatlari bilan fuqaro Z.A. kelinlik uyiga kiritildi hamda jondan aziz qizalog`i onasi bag`riga olib berildi.
Onalar o`z yaqinlari, oilasi, bola uchun o`z jonini fido qilishga ham tayyor. Mehr ko`zda deyishadi, endi oila yarashib ketsa ajab emas.






