Termiz shahrida sodir bo`lgan YTH oqibatida jarohatlanganlar yo`q. Bu haqda Surxondaryo IIB matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabar berilishicha, Termiz shahrining At-Termiziy va A.Navoiy ko`chalari kesishgan chorrahada Matiz, Nexia-3 hamda Cobalt avtotransportlari ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuzaga kelgan. YTH oqibatda hech kim tan jarohati olmagan va o`lim holati qayd qilinmagan. Nexia-3 avtomashinasida yong`in kuzatilgan. Hozirda yong`in bartaraf etilib, qo`shimcha tergov ishlari olib borilmoqda.
YTH kelib chiqishi sababi yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar berilishi aytildi.






