AsosiyJinoyat

O`zbekistonda bir oy ichida 68 mlrd so`mga yaqin energiya resurslari o`g`irlandi

'O`zbekistonda bir oy ichida 68 mlrd so`mga yaqin energiya resurslari o`g`irlandi'ning rasmi

So`nggi 1 oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 67 mlrd 825 mln so`mlik zarar etkazilganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda may oyida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda iste`molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda 39 mlrd 332 mln so`mlik elektr energiyasi (46 mln 264 ming kilovatt⋅soat) va 28 mlrd 492 mln so`mlik tabiiy gaz (18 mln 124 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 67 mlrd 825 mln so`mlik zarar etkazilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko`pi — Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

    Boshqa yangiliklar