Qator poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritilgan. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Buxoro—Miskin temir yo`l bekatlari oralig`ida modernizasiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 6 iyun kunidan boshlab bir qator yo`lovchi poezdlar harakatiga o`zgartirishlar kiritildi.
127/128-sonli Andijon—Qo`ng`irot yo`nalishi. Amaldagi vaqti 19:42 edi. 2 soat farq bilan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Andijon 22:03 — Qo`ng`irot 02:33.
64/92-sonli Toshkent—Andijon yo`nalishi:
Toshkent 18:01 — Andijon 01:14.
54-sonli Qo`ng`irot—Toshkent yo`nalishi:
Qo`ng`irot 11:04 — Toshkent 05:56.
301-sonli Dushanbe—Toshkent yo`nalishi:
Dushanbe—Toshkent 14:12.






