Rus tilini yaxshi biladigan o`zbekistonlik haydovchilarga Slovakiyaga ishga chaqirilgan. Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma`lum qildi.
Ish Slovakiya korxonasi tomonidan, omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo`nalishida taklif etilmoqda.
Nomzodlar 20-45 yosh atrofida bo`lishi, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega bo`lishi lozim. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Oylik ish haqi qo`lga tegadigani 1080 evro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. Haftada 5 kun ish, (3 ta smena). Xodim tibbiy sug`urta qilinadi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Yuqoridagi talablar mos kelgan va xorijda ishlash istagida bo`lganlar quyidagi havola orqali 6 iyun soat 18:00 ga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin.