AsosiyJamiyat

Jondor tumanidagi avtohalokatda 3 kishi halok bo`ldi

'Jondor tumanidagi avtohalokatda 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida insonlar o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda tuman hokimining mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi holatlarning oldini olish to`g`risidagi 27 maydagi farmoyishida so`z boradi.

Tuman hokimining mazkur YTH oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish to`g`risidagi farmoyishi qabul qilingan. 

Farmoyishda keltirilishicha, holat 2024 yilning 30 aprel kuni sodir bo`lgan. O`sha kuni soat taxminan 7:00da “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomagistral yo`lining 305-kilometrida “Xorazm-Buxoro” yo`nalishida harakatlanib borayotgan Nexia mashinasining shinasi yorilib ketgan.

YTH oqibatida 3 kishi vafot etgan, 2 nafar fuqaro esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar