AsosiyJamiyat

Xorazmda davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o`tkazilganligi aniqlandi

'Xorazmda davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o`tkazilganligi aniqlandi'ning rasmi

Xorazm viloyatidagi maktabgacha va maktab ta`limi, oliy ta`lim va sog`liqni saqlash tizimlaridagi davlat buyurtmachilari tomonidan 2023-yilda “cooperation.uz” axborot portali orqali 75 ta holatda 13 mlrd so`mlik 749 ta kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holati o`rganildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qilmoqda. 

O`rganish jarayonida mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 833-qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga zid ravishda o`tkazilganligi hamda kompyuter texnikalari bozor narxlaridan 4,03 mlrd so`mga qimmatroq xarid qilinganligi aniqlandi.

O`rganish yakunlari bo`yicha to`plangan hujjatlarga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar