Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta`sis etildi.
Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yo`nalishlarda o`tkaziladi va g`oliblar aniqlanadi:
o`zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
o`zbek adabiyotining she`riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
o`zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
xorijiy tillarda yaratilgan she`riy asarlardan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o`zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.






