AsosiyJinoyat

Betob qizning operasiyasi uchun pul yig`ib, o`zlashtirib yuborgan farg`onalik shaxs ushlandi

'Betob qizning operasiyasi uchun pul yig`ib, o`zlashtirib yuborgan farg`onalik shaxs ushlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston respublikasida yashovchi ayol A.Z. ariza bilan murojaat qilib, noma`lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini va unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg`ona viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., jabrlanuvchi A.Z.ning betob qizi Z.T.ning nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va operasiya uchun xalqdan yordam puli so`rab, aldash yo`li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o`tkazgan pullarini o`zlashtirib kelganligi  ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar