Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida yashash xonadonida marixuana saqlab kelgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 10 may kuni Qo`shrabot tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati hamda DXXning tuman bo`limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida tumanning Qo`rg`on mahallasida yashovchi 49 yoshli fuqaro uyida alohida paketlarga qadoqlangan o`tkir hidli, yashil rangli, quruq holdagi sof og`irligi 10 kilogramm 95 gramm noma`lum modda saqlab kelayotgani aniqlangan.
Viloyat IIB ekspert-kriminalistika markazi xulosasiga ko`ra, mazkur modda marixuana ekani tasdiqlangan.
Hozirda Qo`shrabot tumani IIB tergov bo`linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






