Joriy yilning may oyida noma`lum shaxs Uchtepa tumanidagi o`quv markazining kirish eshigini buzib kirib, telefon va noutbukni o`g`irlab ketgan. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 30 yoshli M.K. aniqlanib, qo`lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






