AsosiyJamiyat

Kemerovoda tramvaylar to`qnashishi natijasida bir kishi halok bo`ldi (video)

'Kemerovoda tramvaylar to`qnashishi natijasida bir kishi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Kemerovoda 6 iyun, payshanba kuni ertalab ikki tramvayning to`qnashuvi natijasida, 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Bu haqda "RIO Novosti" manbalarga tayanib xabar bermoqda.

 Ulardan biri kasalxonada vafot etdi, dedi shahar meri Dmitriy Anisimov. Jabrlanganlar orasida etti nafar bola ham bor, dedi Kuzbass sog`liqni saqlash vaziri Dmitriy Beglov.

Ayni paytda,  "ikki kishi reanimasiyaga, biri operasiya xonasiga yuborilgan". "Ulardan (kasalxonaga yotqizilganlar) uch nafari og`ir ahvolda, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda", - deyiladi xabarda.

TASS agentligi xabar berishicha, tramvaylarning to`qnashuvi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 7:30da (Toshkent vaqti bilan 5:30) Logovaya shossesida Tom daryosi ustidagi ikki ko`prikdan biri – Kuzneskiy ko`prigi boshida sodir bo`lgan. Xabarda aytilishicha, ikkinchi ko`prik kapital ta`mirlash ishlari tufayli qisman yopilgan. Tramvaylar qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib, "Naberejnaya" bekati yaqinida to`qnashib ketgan. 

Qayd etilishicha, voqea sodir bo`lganidan keyin Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasi (TQ) xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko`rsatish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi. 

Ikkita tramvay - ikkita model

Kemerovodagi halokatga uchragan tramvaylar Rossiyaning 71-619KT va Belarusning BKM 60102 rusumli modellariga tegishli. "E`lon qilingan videolarga ko`ra, aynan BKM burilishdan oldin tezlikni juda oshirgan, undan keyin bir necha kishi uchib chiqib ketgan. So`ng u 71-619KT tramvayiga kelib urilgan", - deya ta`kidlaydi mualliflar. 

Hodisa sabablarining rasmiy versiyasi xabar e`lon qilingan vaqtda oshkor etilmagan.

Shuningdek, Kemerovo tramvay korxonasi xodimlaridan biri tomonidan yozib olingan va Telegram’dagi "Insident Kuzbass" yopiq hamjamiyatida e`lon qilingan audioyozuvdan iqtibos keltiradi. Unda aytilishicha, muallif tramvay haydovchisining "birinchi guruh tormozi ishlamay qolgani uchun" ariqqa qarab harakatlanganini ko`rgan, ammo baribir uni marshrutga jo`natishgan. 

Keyinchalik Kemerovo elektrtransport kompaniyasi matbuot xizmati bu ma`lumotni rad etdi, deyiladi postda. "Tramvay liniyaga yaxshi holatda chiqarildi, liniyada bitta reysni ham bajardi. 2021 yilda ishlab chiqarilgan tramvay. Rulda 2023 yil oktyabr oyidan beri ishlab kelayotgan haydovchi bo`lgan. Ish davomida u o`zini faqat ijobiy va mas`uliyatli tomondan ko`rsatgan", - deya TASS agentligi kompaniya vakilining so`zlaridan iqtibos keltiradi. 

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Tramvayni 23 yoshli Aleksandra M boshqargan. Kanal ma`lumotlariga ko`ra, u hozir og`ir ahvolda reanimasiyada. "Uning tramvayi 2 iyun kuni to`liq texnik xizmat ko`rsatishdan o`tkazildi. Mashinaning o`zi yaxshi holatda edi, uning kitobida hech qanday shikoyat yo`q. Bugungi kunning birinchi reysi odatiy rejimda o`tgan. Ikkinchisida esa tramvay qiyalikdan tushishda qattiq tezlashib ketgan, haydovchi uni to`xtata olmagan", - deydi jurnalistlar. 

    Boshqa yangiliklar