AsosiyJamiyat

“Chilonzortumangaz” mahalla gazchisi va etkachi muhandisi ushlandi

'“Chilonzortumangaz” mahalla gazchisi va etkachi muhandisi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Chilonzortumangaz” mahalla gazchisi va etkachi muhandisi ushlandi.

Tezkor tadbirda “Chilonzortumangaz” gaz ta`minoti bo`limi mahalla gazchisi B.Yu. va mahallada ishlash xizmati etakchi muhandisi S.A. tadbirkor X.S.ning “Karvonsaroy” 1-tor ko`chasida joylashgan mehmonxonasida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to`lovida aniqlangan kamchiliklar bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirishgan. 

Qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yubormaslik evaziga tadbirkordan 25 mln so`m talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar